97,8 milliard AQSh dollari miqdorida boylikka ega «Microsoft» asoschisi Bill Geyts «bitcoin» va «kripto» pullarining kelajagi yo‘qligini aytdi. Bu haqda «Sabah»ga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.
Uorren Baffet va Charli Myunger bilan birgalikda CNBC telekanalining «Squawk Box» ko‘rsatuvida qatnashgan Geyts «kripto» puliga ega emasligini, lekin avvalroq tug‘ilgan kun uchun «bitkoin» sotib olganini aytdi.
«Bir tanishim menga tug‘ilgan kunimda «bitkoin» sovg‘a qilgan edi. Bir necha yil o‘tib uni sotib yubordim», – degan Bill Geyts.
«Bitkoin» spekulyatsiyadan boshqa narsa emas. Agar imkoni bo‘lganida, unga butunlay barham berardim», – deya so‘zini davom ettirgan «Microsoft» asoschisi.
O‘tgan yili qiymati 1000 dollardan 19000 dollarga yuksalgan «bitkoin» bu hafta 9000 dollar atrofida baholandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi