11:20 / 19.05.2018
5 279

O‘zbekistonda banklar dollarni 8 ming so‘mdan past narxda almashtirmoqda

O‘zbekistonda banklar dollarni 8 ming so‘mdan past narxda almashtirmoqda
O‘zbekistondagi qator banklar AQSh dollarini 8 ming so‘mdan past narxda xarid qilishmoqda va aksincha sotish narxlari bir muncha balandroq qilib belgilangan.

“Kapitalbank”, “Ipak yo‘li” banki, “Asia Alliance Bank” banklari bir AQSh dollarini 7970 so‘mdan sotib olishmoqda. Ushbu banklarning 1 AQSh dollarini sotish narxi esa “Kapitalbank” va “Asia Alliance” bankda 8040 so‘mni tashkil qilsa, “Ipak Yo‘li” bankida — 8030 so‘m.

“Mikrokreditbank”, “Turonbank”, “O‘zsanoatqurilishbank”da esa dollarning sotib olinish narxi, boshqalarnikidan biroz balandroq bo‘lib, 7980 so‘mdan iborat qilib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 15 may kunidan boshlab xorjiy valyutalarga nisbatan so‘m kursini e’lon qilgan hamda unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 8025.83 so‘m qilib belgilangan edi.

Manba: UzNews.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda banklar dollarni 8 ming so‘mdan past narxda almashtirmoqda