
Monopol mahsulotlar ro‘yxati va turlarini tubdan qisqartirish hamda monopoliyaga qarshi tartibga solishning xalqaro prinsiplariga o‘tishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 30 martdagi 249-son qarori qabul qilindi.
Moliya vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur qarorga muvofiq narxlarni davlat tomonidan tartibga solish (deklaratsiya qilish, tasdiqlash, qat’iy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) o‘rnatish, tartibga soluvchi koeffitsiyent, ustama va rentabellikning chegaralangan darajasi va narxni tartibga solishning boshqa usullari) faqat:
ushbu qarorga 2-ilovada keltirilgan tovarlarga (xizmatlarga) (Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxati);
tabiiy monopoliya sharoitlarida ishlab chiqariladigan tovarlarga (ko‘rsatiladigan xizmatlarga);
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarorlarida narxlarini (tariflarini) tartibga solish nazarda tutilgan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.
Xo‘sh, mazkur qarorning 2-ilovasida keltirib o‘tilgan tovarlar (xizmatlar) qaysilar? Ularning soni 21ta bo‘lib, ro‘yxat bilan quyida tanishtirib o‘tamiz:
Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari
RO‘YXATI
RO‘YXATI
1. “O‘zdonmahsulot” AJ korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan un.
2. Qolipli non (chakana narx).
3. Aholining ijtimoiy zaif qatlamlari va davlatning strategik zaxirasini shakllantirish uchun mo‘ljallangan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotiladigan рaxta moyi.
4. Ijtimoiy muhim dori vositalari va tibbiy buyumlar (maxsus tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha).
5. Turmushda iste’mol qilinadigan siqilgan gaz va “O‘ztransgaz” AJ va/yoki uning hududiy bo‘linmalari orqali sotiladigan tabiiy gaz.
6. Aholiga hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha byudjet tashkilotlari va avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchalariga sotiladigan avtomobil benzini (Ai-80 va Ai-91 markalari).
7. To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha byudjet tashkilotlariga, davlat buyurtmasi bo‘yicha paxta xomashyosi va don yetishtiradigan fermer xo‘jaliklari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Toshshahartransxizmat” AJga, maishiy chiqindilarni to‘plash va tashish bo‘yicha davlat korxonalariga sotiladigan, shuningdek, boshqa iste’molchilarga chakana narxda sotiladigan dizel yonilg‘isi.
8. Paxta mahsuloti (paxta xomashyosi, paxta tolasi, texnik urug‘lik).
9. Shulxa va paxta chigiti shroti.
10. Etil spirti.
11. Don (xarid narxlari).
12. Mineral o‘g‘itlar.
13. To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha aholiga, byudjet tashkilotlariga va “O‘zbekenergo” AJ korxonalariga, shu jumladan, “O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ “Temiryo‘lyonilg‘ita’min” boshqarmalari orqali sotiladigan ko‘mir.
14. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida maxsus himoya darajasiga ega bo‘lgan qog‘ozdan tayyorlanadigan mahsulotlar (qimmatli qog‘ozlar, pasport, harakatlanish hujjati va shu kabilar).
15. Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni tashish xizmatlari.
16. Shahar yo‘lovchi tashish transportida yo‘lovchilarni tashish xizmatlari (yo‘nalishli va liniyali taksilardan tashqari).
17. Televizion, radio eshittirish dasturlarini uzatish, yo‘ldosh aloqa orqali tele va radio dasturlarni qayta uzatish xizmatlari, radioaloqa xizmatlari.
18. Griflangan paketlarni (jo‘natmalar, posilkalarni) jo‘natish.
19. Ma’lumotlarni xalqaro yetkazish xizmatlari va xalqaro kanallarning ijarasi.
20. Xo‘jalik subyektlarining pul mablag‘lari inkassatsiyasi va pul mablag‘lari va boshqa qimmatliklarni banklararo tashish xizmatlari.
21. “O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi” AJ tomonidan ko‘rsatiladigan birja xizmatlari (birja bitimlari, hisob-kliring va axborot operatsiiyalari, savdolarni o‘tkazish va shu kabilar). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar