Hukumatning 17 iyuldagi qarori bilan Davlat boji stavkalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanaliga tayanib Daryo xabar berdi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endilikda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga beriladigan arizalardan quyidagi miqdorlarda boj undiriladi:
mulkiy tusdagi da’vo arizalaridan — da’vo bahosining 4 foizi (oldin – 2 foiz) miqdorida, biroq eng kam oylik ish haqining bir baravari (oldin – 50 foiz) ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan — eng kam ish haqining 2 baravari (oldin – 50 foiz) miqdorida;
takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan — eng kam ish haqining 4 baravari (oldin – 120 foiz) miqdorida;
uy-joylarni ijaraga olish shartnomasini o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi da’vo arizalaridan, vorislikni qabul qilish muddatini uzaytirish haqidagi, xatlangan mulkni qaytarib berish to‘g‘risidagi va mulkka oid bo‘lmagan tusdagi (yoki baholanmaydigan) boshqa da’vo arizalaridan — eng kam ish haqining 2 baravari (oldin – 50 foiz) miqdorida;
alohida ko‘riladigan ishlar bo‘yicha ariza (shikoyat)lardan — eng kam ish haqining 1 baravari (oldin – 10 foiz) miqdorida.
Iqtisodiy sudlarga kiritiladigan mulkiy tusdagi da’vo arizalaridan — da’vo bahosining 2 foizi (oldin – 1 foiz) miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda boj undiriladi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi