date

“Farovonlik” lotereyasi natijalari e’lon qilinadigan kunda “Agrobank” sayti ishlamay qoldi

“Farovonlik” lotereyasi natijalari e’lon qilinadigan kunda “Agrobank” sayti ishlamay qoldi

“Agrobank” tomonidan e’lon qilingan “Farovonlik” (“Farovonlik”) lotereyasi natijalari e’lon qilinadigan kunda bank sayti ishlamay qoldi.

“Farovonlik” pul-buyum yutuqli, tirajli lotereyasining yutuqlari tiraji, dastlabki xabarlarga ko‘ra, 2014 yilning 20-21 dekabr kuni o‘tkazilishi kerak edi. Biroq, keyinroq, rasman e’lon qilinmagan sabablarga ko‘ra, yutuqlar tiraji 26-27 dekabr kunlariga ko‘chirilgani ma’lum qilingandi.

“Yutuqlar tiraji o‘tkazilganidan keyin yutuqlar tirajining rasmiy jadvali “Qishloq hayoti”, “Xalq so‘zi” va “Pravda Vostoka” gazetalarida chop etiladi hamda “Agrobank”ning rasmiy saytiga joylashtiriladi”, – deyilgan edi bankning lotereyaga doir so‘nggi xabarida.

“Fotofakt.uz” xabariga ko‘ra, 26 dekabr kuni Toshkent irrigasiya va meliorasiya institutining madaniy-ma’rifiy tadbirlar saroyida “Farovonlik” lotereyasining yutuqlar tiraji o‘tkazila boshlangan. Biroq, hozirgi vaqtda yutuqlarni onlayn bilish imkonini beruvchi “Agrobank” sayti ishlamayapti.

Ma’lumot uchun, “Farovonlik” lotereyasi sovrinlar qatoridan 10 donadan Malibu, Captiva hamda Cobalt rusumli — jami 30ta avtomobil, beshta TTZ-80-10 transport traktori va beshta TTZ-80-11 chopiq traktori, 700 dona Roison televizori, 1025ta Panda televizori (Foton OAJ), 625tadan Roison gaz plitasi, muzlatkichi va kondisioneri, 625ta Candy kir yuvish mashinasi o‘rin olgan.

Shuningdek, har birida 1 million so‘mdan ziyod pul mukofoti qo‘yilgan 1 million 118 mingta lotereya chiptasi ham o‘ynaladi.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » “Farovonlik” lotereyasi natijalari e’lon qilinadigan kunda “Agrobank” sayti ishlamay qoldi