UMS 2015 yilda faqat to‘qqiz kun dam oladi

O‘zbekistondagi faoliyatini 2014 yilning 1 dekabridan boshlagan UMS aloqa operatori dam olish kunlarisiz ishlaydi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytiga asoslanib Kun.uz .
“2015 yilda savdo ofislarini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish doirasida, kompaniya rahbariyati O‘zbekiston hududidagi barcha Abonentlarga xizmat ko‘rsatish markazlarida etti kunlik ish jadvalini tashkil etish haqida qaror qabul qildi”, – deyiladi xabarda.
Kompaniya matbuot xizmatining qayd etishicha, bu ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va abonentlarni UMS’ga ulashni tezlashtirishga yordam beradi.
Shunday qilib, UMS kompaniyasi 2015 yilda har kuni 9:00dan 18:00gacha abonentlarga xizmat ko‘rsatadi. Kompaniya xodimlari faqatgina O‘zbekiston qonunchiligida nazarda tutilgan (1 yanvar – Yangi yil, 8 mart – Xotin-qizlar xalqaro kuni, 21 – mart – Navro‘z, 9 may – Xotira va qadrlash kuni, 1 sentyabr – Mustaqillik kuni, 1 oktyabr – Ustoz va murabbiylar bayrami, 8 dekabr – Konstitusiya kuni va ikkita Hayit bayrami)da ishlamaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing