Markaziy bankning joriy yil 9 avgustdagi xabarida ichki valyuta bozorida yuz berayotgan o‘zgarishlarning sabablari bayon qilingandi.
So‘nggi kunlarda ichki banklararo valyuta bozoridagi savdolarda kurslar o‘zgaruvchanligining o‘sishi kuzatilmoqda. Xususan, 2019 yil 20 avgustdagi birja savdolarida so‘mning AQSh dollariga nisbatan kursi 9384 so‘mni tashkil etdi.
Almashuv kursidagi bunday o‘zgarishlar valyuta bozorida mavjud talab va taklif nisbati hisobga olingan holda, kursni barqarorlashtirish maqsadida banklararo savdo sessiyalarida joriy kurs o‘zgarishlari diapazonining bekor qilinishiga olib keladi.
Avval xabar qilinganidek, so‘nggi oylardagi ayirboshlash kursi dinamikasi quyidagi omillar ta’sirida shakllandi.
Birinchidan, jahon iqtisodiyotidagi xatarlarning oshishi va savdo mojarolarining kuchayishi, bu AQSh, Xitoy, yevrohududi va boshqa mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayishiga olib keladi.
Shu bilan birga, ko‘plab mamlakatlarning moliya bozorlari, jumladan, O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklari bo‘lgan davlatlar ushbu o‘zgarishlarga milliy valyutalar kursining o‘zgaruvchanligi va qadrsizlanishining kuchayishi orqali munosabat bildirmoqda. Ularning milliy valyutalari qadrsizlanishi darajasi inflyatsiyadan oldinda, bu so‘mning real qiymatda qadrlanishiga olib keladi.
Ikkinchidan, yuqoridagi omillar iqtisodiyotdagi investitsiya va kredit faolligining oshishi bilan bir qatorda, eksportning «qimmatlashishi» va importning jozibadorligi oshishi ko‘rinishida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozorlarda narx raqobatbardoshligining pasayishiga olib keladi.
Natijada, so‘nggi yillarda ichki valyuta bozorida talabning barqaror o‘sishi kuzatilmoqda.
Global iqtisodiy rivojlanish tendensiyasi fonida Markaziy bank almashuv kursining shakllanishiga tashqi omillar ta’sirini kuchaytirish ehtimolini istisno qilmagan.
Shu bilan birga, Markaziy bank ichki valyuta bozoridagi vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etadi va tashqi shoklar ta’sirini yumshatish hamda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar balansini ta’minlash uchun bozor mexanizmlaridan foydalanadi.
Xususan, Moliya vazirligi bilan birgalikda inflyatsiya hamda almashuv kursiga qo‘shimcha bosimga olib keladigan, kreditlash va fiskal ekspansiya jarayonini bosib turish bo‘yicha kelishilgan harakatlar amalga oshiriladi.
Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida joriy yilning 20 avgustidan boshlab tijorat banklari valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali naqd xorijiy valyuta sotishni boshladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»