O‘zbekistonda 1 oktyabrdan boshlab bankomatlar naqd xorijiy valyuta berishni to‘xtatadi. Bu haqda «Ipak yo‘li» bankining press-relizida ma’lum qilingan.
Ma’lum qilinishicha, hozirgi vaqtda Visa, MasterCard, UnionPay kabi xalqaro to‘lov tizimlariga xizmat ko‘rsatuvchi bankomatlarning dasturiy ta’minotlarini qayta sozlash ishlari boshlangan. Bankomatlar 1 oktyabrdan boshlab faqat milliy valyutada naqd pul chiqarib beradi.
Naqd xorijiy valyuta kerak bo‘lganida mijozlar banklar qoshidagi ayirboshlash shoxobchalariga murojaat qilishlari yoki xalqaro to‘lov kartalari bilan bank kassalariga kelib, kartadagi xorijiy valyutani naqd chiqarib olishlari mumkin. Bunda mijozning yonida pasporti ham bo‘lishi lozim.
Markaziy bankning ma’lum qilishicha, bu choralar birinchi galda jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash doirasida ko‘rilmoqda; bankomatlarning dasturiy ta’minotlarini qayta sozlash bo‘yicha ko‘rsatma barcha banklarga yo‘llangan.
«Istalgan normal mamlakatda, hatto qo‘shni mamlakatlarda ham bankomatlar orqali faqat milliy valyuta olish mumkin. O‘zbekistonliklar bankomatlardan naqd xorijiy yechib ololmaydi, lekin pasport bilan bank kassasiga borib, naqd xorijiy valyuta yechib olish mumkin bo‘ladi», deb aytgan Markaziy bank vakili. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»