21:38 / 11.09.2020
3 532

Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berishning aniq mexanizmlari belgilanmoqda

Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berishning aniq mexanizmlari belgilanmoqda
Senatning 7-yalpi majlisida «Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun ma’qullandi.

Mazkur hujjat bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, Yer kodeksi, «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi, «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi, «Yaylovlar to‘g‘risida»gi, «O‘rmon to‘g‘risida»gi, «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish belgilanmoqda.

Senator Bahodir Tojiyev qonun bilan belgilanayotgan asosiy o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi.
«Hujjatda investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik asosida qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan yerlar, shuningdek, lalmi yerlar va o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini ijaraga berishning aniq mexanizmlari belgilanmoqda.

Shuningdek, qonunda yerni ijaraga berish shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilinsa, ijarachi shartnomada nazarda tutilgan muddat yakuniga qadar yerdan foydalanish huquqiga ega bo‘lishi ko‘rsatilgan
», dedi senator.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berishning aniq mexanizmlari belgilanmoqda