17:00 / 15.03.2022
1 555

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ham keskin ko‘tarildi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ham keskin ko‘tarildi
Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 16 martda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 117,09 so‘mga ko‘tarilib, 11 150,12 so‘mni tashkil qildi. Yevro 154,24 so‘mga ko‘tarilib, 12 270,71 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,45 so‘mga ko‘tarilib, 99,26 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 34,97 so‘mga ko‘tarilib, 11 033,03 so‘mni tashkil qilgandi.

Tijorat banklarida esa 15 mart kuni dollar kursi dastlab 11 090 so‘mgacha, soat 11:00 lardan so‘ng esa 11 200 so‘mgacha ko‘tarildi. Ayrim banklarda esa ushbu valyutaning sotuv kursi 11 205 so‘mni tashkil qildi. Hisob palatasi prognoziga ko‘ra, 2022 yilda dollar kursi 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin.

Долларнинг расмий курси, Хорижий валюталар, Сўмга нисбатан қиймати, Тижорат банклари

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ham keskin ko‘tarildi