Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha shtab o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Shtabda turli sohalarda, jumladan, investitsiyalarni jalb qilish va yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini tashkil etish, tashqi savdo, transport va tranzit bo‘yicha salohiyatni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni targ‘ib qilish, importni optimallashtirish va boshqa muhim yo‘nalishlarga ixtisoslashgan kichik guruhlarga taqsimlangan mamlakat vazirliklari va idoralari xodimlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shtab xodimlari mahalliy tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar o‘z amaliyotlarida duch keladigan tizimli va xususiy xarakterdagi muammolarni aniqlash maqsadida ular bilan manzilli tarzda hamkorlik qilib kelmoqda.
Qabul qilingan ma’lumotlar har tomonlama tahlil qilinadi, uning natijalari asosida tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar va algoritmlar ishlab chiqiladi. Tadbirkorlar muammoli masalalari ham o‘rganilib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralarga ko‘rsatmalar berilmoqda.
Shtabda ko‘rilayotgan amaliy chora-tadbirlar samaradorligini nazorat qilish mexanizmi joriy qilingan, tegishli muvofiqlashtiruvchi kichik guruh tadbirkorlar bilan bevosita muloqotda bo‘lib, vazirlik va idoralar tadbirkorlar murojaatlariga qanchalik tez va samarali javob berayotganini aniqlaydi.
Har bir kun oxirida shtab faoliyati natijalari yuzasidan tezkor hisobot shakllantiriladi va tahlil qilish uchun tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha hukumat komissiyasiga yuboriladi.
Ushbu tahlil davomida aniqlangan tizimli muammolar investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, sanoatni rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yangi mexanizmlarini joriy qilish, foydali logistika yo‘nalishlarini kashf etish, yangi istiqbolli bozorlarga chiqish va xorijiy sheriklar bilan investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish maqsadida har tomonlama o‘rganilmoqda.
Aloqaga chiqish uchun ma’lumotlar: koll-markaz: + 998 71 238 52 52; bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi “ishonch telefoni” raqami: 1100; Savdo-sanoat palatasi: + 998 71 150 60 06; biznes-ombudsman: + 998 71 202 09 06. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi