13:36 / 23.04.2022
1 788

Eski banknotlar qachon muomaladan chiqarilishi aytildi

Eski banknotlar qachon muomaladan chiqarilishi aytildi
Markaziy bank qachon yangi banknotadan to‘liq foydalanish boshlanishi, eski pullar muomaladan chiqarilishi haqidagi savolga javob bergan.

«2021 yilda dastlab yangi nominaldagi, ya’ni 2 000 so‘mlik va 20 000 so‘mlik banknotlar muomalaga chiqarildi. Shuningdek, 2021 yilning avgust va dekabr oylaridan bosqichma-bosqich yangi ko‘rinishdagi 5 000, 10 000, 50 000, 100 000 so‘mlik banknotlar muomalaga chiqarildi hamda ushbu banknotlar shu nominaldagi eski namunadagi banknotlar bilan parallel ravishda muomalada bo‘lishi, ya’ni eski namunadagi 5 000, 10 000, 50 000, 100 000 so‘mlik banknotlar to‘lov qobiliyatini yo‘qotmasligi belgilandi», deyiladi izohda.

Aytilishicha, eski namunadagi banknotlar tabiiy yo‘l bilan, ya’ni muomalada bo‘lishi jarayonida eskirgan va to‘lovga yaroqsiz holga kelganlari muomaladan qaytarib olinmoqda. Muomalada aylanayotgan banknotlar soni 2,5 mlrd. donadan ortiq bo‘lsa, shundan 201 mln. donadan ziyodi 2021 yil namunasidagi banknotlar hisoblanadi.

Muomalada eski namunadagi banknotlar salmog‘i yuqori ekanini inobatga olib, ularning muomaladan chiqarish muddatlari cheklanmagani aytilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Eski banknotlar qachon muomaladan chiqarilishi aytildi