Foto: t.me/sammuslimuz
O‘zbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyati vakilligi axborot xizmatining xabar berishicha, samarqandlik xattot Abdujalil Ergashev 60x80 hajmdagi katta Qur’on kitobini yozib tugatgan.
Xabarda ma’lum qilinishicha, xattot uch yil davomida Qur’on kitobini 310 varaq, 620 sahifaga arab kufiy xatida yozishga muvaffaq bo‘lgan.
Qayd etilishicha, katta hajmdagi Qur’on kitobi qo‘lbola usulda tayyorlangan Samarqand qog‘oziga yozilgan. Ushbu qog‘ozlar uzoq yillar o‘z sifatini yo‘qotmasdan turishi hamda nam tortmasligi va ivimasligi bilan shuhrat qozongan.
Ma’lumot uchun, Qur’onning yirik va eng qadimiy nusxalaridan biri – «Usmon Musfahi» ham O‘zbekistonda, «Mo‘yi Muborak» madrasasida saqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Ilon Mask Eron elchisi bilan yashirincha uchrashdi