20:24 / 28.04.2022
995

Toshkent tumanida 19 nafar xodimga ish haqi undirib berildi

Toshkent tumanida 19 nafar xodimga ish haqi undirib berildi
Toshkent viloyati Zangiota tumanlararo sudining sud buyruqlariga asosan Toshkent tumani Xalq ta’lim bo‘limida ish faoliyatini olib borayotgan 19 nafar xodimning, oylik ish haqini to‘lamayotgan qarzdorliklarini undirish yuzasidan Byuroning Toshkent tuman bo‘limiga ijro hujjatlari kelib tushgan.

Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida Toshkent tumani Xalq ta’lim bo‘limida ish faoliyatini olib borayotgan 19 nafar xodimning to‘lanmayotgan ish haqidagi qarzdorligi ya’ni 19. 169. 832 so‘m pul mablag‘lari, javobgar Toshkent tumani Xalq ta’lim bo‘limidan to‘liq undirilib berilgan.

Shuning asosida mazkur ijro hujjatlari “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent tumanida 19 nafar xodimga ish haqi undirib berildi