Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Xatirchi tuman sudi binosida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida og‘ufurushga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
1975 yilda tug‘ilgan J.Jiyanov (shaxsi o‘zgartirilgan) 2020 yil may oyida taqiqlangan ekinlarni yetishtirish maqsadida, Samarqand viloyati, Paxtachi tumani “Dobusiya” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan qarovsiz yerga tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik vositalari bo‘lgan ekin hisoblangan “Marixuana” o‘simligi urug‘ini ekib, ushbu urug‘dan o‘sib chiqqan 1 tup “Marixuana” giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelgan.
Bundan tashqari, u o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, kelgusida giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish maqsadini ko‘zlab, 2021 yil 31 oktabr kuni soat 1520 larda har 100 grammini o‘rtacha 3.000.000 so‘mdan jami 30.000.000 so‘mga bir dona oq rangli polietilen sumka va ushbu sumka ichiga alohida qadoqlanib, bir dona oq rangli qopga solingan, och jigar-yashil rangli, qo‘l bilan ushlab ko‘rilganda quruq holdagi, o‘ziga xos o‘tkir hidli, o‘tsimon ko‘rinishdagi, Navoiy viloyati IIB EKBning 31.10.2021 yildagi №173-sonli xulosasiga ko‘ra, sof og‘irligi 1043 grammga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi “marixuana” giyohvandlik moddasini tezkor tadbir qatnashchisi fuqaro B.Rajabovga Xatirchi tumani, “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘ini yaqinidagi “Zarafshon” daryosi bo‘yida qonunga xilof ravishda sotish yo‘li bilan o‘tkazish uchun olib borayotganida, Navoiy viloyati IIB JQB va DXX Navoiy viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olinib, o‘zining jinoiy harakatlarini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatda oxiriga yetkaza olmasdan suiqasd qilgan.
Sud, J.Jiyanovni sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, aybiga iqrorligi, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, oilaviy sharoiti inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi JKning 270-moddasi
1-qismi va 25,273-moddasi 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasini qo‘llab, JKning 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 8 (sakkiz) yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sherali Xomidov, Jinoyat ishlari bo‘yicha
Xatirchi tuman sudining raisi
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Xatirchi tuman sudining raisi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi