Foto: Namangan viloyati IIB
Namangan shahrida yerning noqonuniy oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi, deya xabar bermoqda viloyat IIB.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 25 aprel kuni IIVga fuqaro M.A. ariza bilan murojaat qilib, 2022 yilning aprel oyi boshlarida Namangan viloyatida yashovchi S. ismli shaxs uni O‘. va K. ismli shaxslar bilan tanishtirganini aytgan. Namangan shahar hokimligida ishlovchi O‘. ismli akasi orqali unga bo‘sh yer maydoni olib berishni va’da qilganini bildirgan.
Ushbu shaxslar unga Uychi tumani «Yakka tut nurli zamin» fermer xo‘jaligi balansidagi 1 gektar bo‘sh yer maydonini 43 000 AQSH dollariga hokimiyatdagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berishga va’da berganini ma’lum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur arizaga asosan, 2022 yil 26 aprel kuni IIV JQBB va IJQKB xodimlari tomonidan Namangan viloyati IIB, viloyat prokuraturasi, DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Namangan shahar Alisher Navoiy nomidagi kinoteatr binosi oldida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida U.S. uning akasi O‘.U. hamda K.E. arizachi M.A.dan talab qilingan pullar hisobidan 20 ming AQSH dollari va 33 million so‘m pullarni bo‘nak sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas