15:23 / 01.05.2022
1 273

Buxoroda o‘zini daraxtga osib, joniga qasd qilayotgan ayol qutqarib qolindi

Buxoroda o‘zini daraxtga osib, joniga qasd qilayotgan ayol qutqarib qolindi
Foto: Bukhara news
Buxoro shahridagi «Somoniylar istirohat bog‘i»da 30 aprel kuni o‘zini daraxtga osib, joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayol qutqarib qolindi. Bu haqda Bukhara news xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu kuni soat 20:30 larda istirohat bog‘ida jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan Milliy gvardiya Buxoro viloyati boshqarmasi harbiy xizmatchilari xizmat olib borgan. Shu payt bog‘ning daraxtlar gavjum qismida odamning bo‘g‘iq ovozi eshitilgan. Zudlik bilan holat joyiga yetib borgan xodimlar katta daraxt shoxida matolardan qo‘lbola usulda tayyorlangan qizil rangli arqon yordamida o‘z joniga suiqasd qilishga uringan ayolni daraxtda osig‘liq holatda, tipirchilayotgan vaqtda qutqarib qolgan.

Tez tibbiy yordam ko‘rsatish xizmati, shahar IIB navbatchilik qismi voqea joyiga yetib kelguniga qadar Milliy gvardiya xizmatchilari tomonidan ayolga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan yosh ayolning shaxsi aniqlanganda u G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan, hozirda Vobkent tumanida istiqomat qiluvchi, ikki nafar farzandi bor 30 yoshli G.O‘. ekani ma’lum bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda o‘zini daraxtga osib, joniga qasd qilayotgan ayol qutqarib qolindi