13:30 / 03.05.2022
1 274

Bo‘stonliqda rasmga tushaman deb sharsharadan yiqilib tushgan yigitga yordam ko‘rsatildi

Bo‘stonliqda rasmga tushaman deb sharsharadan yiqilib tushgan yigitga yordam ko‘rsatildi
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida sharshara tepasidan yiqilib tushgan fuqaroga yordam ko‘rsatildi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 2 may kuni soat 15:00 da «Yangiqo‘rg‘on» qishlog‘iga tabiat qo‘ynida dam olish uchun borgan fuqarolardan biri «Soy mazor» sharsharasi tepasiga chiqib, rasmga tushmoqchi bo‘lgan va ehtiyotsizligi oqibatida tepalikdan yiqilib tushgan. U o‘ng oyog‘ining son qismini sindirib olgani bo‘yicha viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga zudlik bilan Bo‘stonliq tumani Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari yetib borib, jabrlangan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan va tepalikdan olib tushib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirgan. Malakaviy tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Bo‘stonliq tumani markaziy shifoxonasiga yuborilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bo‘stonliqda rasmga tushaman deb sharsharadan yiqilib tushgan yigitga yordam ko‘rsatildi