Foto: Qashqadaryo viloyat IIB
Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani hokimi Botir Tog‘ayevning xizmat avtomobili ruxsatsiz tonirovka va «migalka» uchun jarima maydoniga joylashtirildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Bloger Maqsud Muzaffarovning ma’lum qilishicha, u davlat raqami 70 021 DAV bo‘lgan qora rangli Gentra avtomobili yaltirovchi mayoq va tonirovkada harakatlanganini xabar berib, bu haqda viloyat YHXB boshlig‘iga ma’lum qilgan.
Blogerning viloyat YHXB boshlig‘iga qilgan murojaatida shunday deyiladi:«...viloyatimizda DAV belgili mashinalarga qandaydir imtiyoz berilganmi? Imkoni bo‘lsa 70 021 DAV davlat raqam belgili avtotransport vositasini bir tekshirtirsangiz. Unga yalt-yalt etuvchi mayoqcha va tonirovka uchun ruxsatnoma bormi-yo‘qmi bir bilaylik. Ushbu avtomashinaning bu ishlarini sizning boshqaruvingizdagi YHXB tekshira oladimi?»
«Daryo» muxbirining aniqlashtirishicha, davlat raqami 70 021 DAV bo‘lgan transport vositasi Qamashi tumani hokimi Botir Tog‘ayevga tegishli xizmat avtomobili hisoblanadi.
Mazkur holat viloyat IIB YHXB rahbariyati e’tiborini tortgan.
Foto: Qashqadaryo viloyat IIB
«Video yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib Gentra rusumli, 70 021 DAV davlat raqam belgili avtotransport vositasi haydovchisi tegishli ruxsatnomasiz avtomashina old qismiga ko‘k-qizil yonuvchi mayoqchalar o‘rnatganlik hamda avtomobil yon oynalarining tusi tegishli ruxsatsiz qoraytirilgani ma’lum bo‘ldi. Haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasi (transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish asoslari va tartibi)ga asosan jarima maydoniga joylashtirildi», — deyiladi viloyat IIB axborot xizmati ma’lumotida.
Eslatib o‘tamiz, hokim xizmat avtomobili sodir etgan huquqbuzarlik — transport vositalari oynasi tusini o‘zgartirish (qoraytirish) va transport vositalariga tovush chiqaruvchi, yorituvchi qurilmalarni o‘rnatish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 126 va 127-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar bo‘lib, kodeksga ko‘ra oyna tusini o‘zgartirish bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida, transport vositalariga tovush chiqaruvchi, yorituvchi qurilmalarni o‘rnatish esa uch baravaridan besh baravargacha jarima solinishiga sabab bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas