15:53 / 06.05.2022
1 392

Farg‘onada Damas’lar ortilgan treyler YTHga uchradi

Farg‘onada Damas’lar ortilgan treyler YTHga uchradi
Foto: YHXX matbuot xizmati
Farg‘onada Damas’lar ortilgan MAN yuk mashinasiga boshqa MAN kelib urilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. UzAuto Motors kompaniyasining ma’lum qilishicha, treylerdagi avtomobillar Farg‘ona viloyatidagi dilerlik markaziga yetkazib berilishi kerak bo‘lgan.

Treyler A-373 Toshkent—O‘sh yo‘lining Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani «Mehnatobod» posyolkasi hududida harakatlanib ketayotganda, orqadan harakatlanib kelgan MAN rusumli yuk mashinasi («samosval») yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasdan, oraliq masofani saqlamasligi oqibatida orqa tomondan kelib urilgan. Natijada treylerga ortilgan 9 ta Damas avtomobillaridan 5 tasi texnik shikastlangan.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida dastlabki tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tergov natijalariga ko‘ra, g‘isht ortilgan yuk mashinasining haydovchisi boshqaruv paytida uxlab qolgan hamda nazoratni yo‘qotib yo‘l transport hodisasini sodir etgan.

«Yuz bergan hodisa natijasida hech kimga zarar yetmagan. Avtotreyler haydovchisi jabrlanmagan. Barcha tashilgan avtomobillar sug‘urtalangan bo‘lib, yetkazilgan zarar sug‘urta kompaniyasi hisobidan qoplanadi. Yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyotkor bo‘lishlari hamda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilishlarini so‘rab qolamiz», — deyiladi munosabatda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada Damas’lar ortilgan treyler YTHga uchradi