16:04 / 07.05.2022
960

Farg‘onada 20 nafar fuqaroga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxs 15 sutkaga qamaldi

Farg‘onada 20 nafar fuqaroga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxs 15 sutkaga qamaldi
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida fuqarolarga noqonuniy diniy saboq bergan shaxsga jazo tayinlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 21 fevral kuni Farg‘ona viloyati IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Qo‘shtepa tumanida 2 yildan buyon noqonuniy diniy ta’lim berish bilan shug‘ullanib yurgan shaxs ushlandi.

Aslida Namangan viloyati Yangi Qo‘rg‘on tumanida ro‘yxatda turib yashagan O.A. ismli fuqaro jami 20 nafar shaxsga noqonuniy diniy ta’lim berib kelayotgani aniqlangan. Undan dars olayotganlarning 17 nafari voyaga yetmaganlar bo‘lib, 13 nafari Namangan viloyatidan, 1 nafari Qashqadaryo viloyatidan kelgani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan fuqaroga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasi (diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada 20 nafar fuqaroga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxs 15 sutkaga qamaldi