12:45 / 08.05.2022
989

Jizzaxda tadbirkorning 260 mln so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan ish yurituvchi ushlandi

Jizzaxda tadbirkorning 260 mln so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan ish yurituvchi ushlandi
Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida tadbirkorning 260 mln so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan ish yurituvchi aniqlandi, deya xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Mirzacho‘l tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «M-M.» MCHJning ish yurituvchisi T.X. ushbu korxonaga avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish uskunalarini xarid qilish uchun ajratilgan 260 million so‘m kredit evaziga qishloq xo‘jaligi texnikalari ehtiyot qismlarini xarid qilib, ehtiyot qismlarni boshqa fuqarolarga sotib yuborib, o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda tadbirkorning 260 mln so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan ish yurituvchi ushlandi