Foto: Videodan kadr
«Hisor» davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqon yana qor qoplonini kamera ob’ektiga muhrladi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi kunda Qor qoploni Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi va O‘zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan noyob tur hisoblanadi. Shuningdek, SITЕS — yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiya ro‘yxatiga kiritilgan. Ovlash qat’iyan taqiqlangan.
O‘zbekistondan tashqari Xitoy, Nepal, Qirg‘iziston, Mongoliya, Tojikiston, Pokiston, Rossiya, Qozog‘iston, Hindiston, Afg‘oniston va Butan kabi davlatlar hududida uchraydi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududda «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonlarni ovlaganlik uchun jazoni kuchaytirilgani, hayvonot dunyosini muhofaza qilish — hayvonot dunyosi ob’ektlari hududlarini, turlari va populyatsiyasi yaxlitligini, sonini, ularni yo‘q bo‘lib ketishining va ularga boshqacha zararli ta’sirlarning oldini olishga qaratilgan.
«Hisor» davlat qo‘riqxonasi ushbu noyob jonivorlarning doimiy yashash joyi hisoblanadi va ularning muhofazasi Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan nazoratga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi