
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Olmazor tumanining «Achaobod» mahallasida istiqomat qilayotgan Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi Abbos ota Appanov xonadonida bo‘lib, uni bayram bilan tabrikladi.
Prezident Abbos ota Appanovga vatan tinchligi yo‘lidagi xizmati va fidokorona mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirgan.
Shavkat Mirziyoyevga ko‘ra, Abbos ota Appanov Ikkinchi jahon urushidan keyin vatanga qaytib, poytaxtdagi 139-sonli maktabda uzoq yillar nemis va ingliz tilidan dars bergan.
«Butun umringizni xalqimizni, farzandlarimizni tarbiya qilishga bag‘ishlagansiz… Sog‘-salomat bo‘lib, qilgan niyatlaringiz amalga oshib, farzandlaringiz, nabiralaringiz kamolini ko‘rib yuring doim», — deya tabriklagan davlat rahbari. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar