
Yashnobod tumanida qalbaki AQSH dollarini bankomat orqali so‘mga ayirboshlagan fuqarolar aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan AITB «Ipak yo‘li bank» Amaliyot boshqarmasining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro S.F. va boshqalar ushbu bank filialiga tegishli Parkent ko‘chasida joylashgan bankomat orqali qalbaki 2 000 AQSH dollarini so‘mga ayirboshlab olganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Yashnobod TumaniQalbaki DollarBankomat MurojaatiJinoyat KodeksiIpak Yo‘li BankTergov Harakatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar