Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining buyrug‘iga asos qarzdor M.T.dan undiruvchi R.K. foydasiga uch nafar farzandi ta’minoti uchun farzandlari 18 yoshga to‘lgunga qadar qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlarining ½ qismi miqdorida aliment undirish belgilangan va Byuroning Xo‘jayli tumani bo‘limi tomonidan mazkur ijro ishi kelib tushgan kundan ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.
Aliment pullari ota tomonidan joriy yilning aprel oyiga qadar oyma-oy va to‘liq to‘lanib kelingan. Shunga qaramasdan, joriy yilning aprel oyida qarzdor ota aliment o‘rniga uy berish istagini bildirgan va bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ko‘rsatilgan amaliy huquqiy yordamdan keyin undiruvchi bilan o‘zaro kelishib, qarzdorning alimentdan bo‘lgan qarzdorligi va farzandlari 18 yoshga to‘lguniga qadar bo‘lgan aliment pullari hisoblanib, qarzdorga tegishli bo‘lgan, bahosi 200 mln. so‘m bo‘lgan 2 xonali uy undiruvchining nomiga rasmiylashtirib berilgan.
Shu sababli, ijro ishi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining tegishli moddasiga asosan tamomlangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi