18:49 / 12.05.2022
5 093

Prezident «Usta Yusufjon naqqosh» oilaviy korxonasida bo‘ldi

Prezident «Usta Yusufjon naqqosh» oilaviy korxonasida bo‘ldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi «Usta Yusufjon naqqosh» oilaviy korxonasida bo‘ldi.

Korxona rahbari Muhammadali Yunusov milliy yog‘och o‘ymakorligi maktabining munosib davomchisi. Uning ishlari yurtimizdagi ko‘plab maqbara va yangi majmualarga ko‘rk bag‘ishlagan. «Qo‘ligul» hunarmand O‘zbekiston xalq ustasi unvoniga sazovor bo‘lgan.

Muhammadali Yunusov ijodida «pargori», «sharafa», «muqarnas» va «islimiy» uslublar ustuvor. Naqshinkor ustunlar, kursi, lavh, quticha va boshqa oilaviy buyumlar hamisha xaridorgir.

Foto: Prezident matbuot xizmati.
Ustaning shogirdlari ko‘p. Shu bois korxonaga keng sharoit yaratish maqsadida yangi bino qurilmoqda.

Ota-bobolarimizdan meros hunarni asrab-avaylab, yosh avlodga yetkazayotganingiz, yoshlarni ishli qilayotganingiz uchun rahmat, – dedi Prezident. – Bunday hunarmandchilik turlarini yanada ommalashtirish kerak. Bu ham madaniyat, ham ma’rifat, ham iqtisodiyot.

Foto: Prezident matbuot xizmati.
Davlatimiz rahbari mazkur oilaviy korxona yonida maktab tashkil etish, unda hunarlar bilan birga matematika, geometriya, fizika, kimyo kabi fanlarni ham chuqurlashtirib o‘qitish muhimligini ta’kidladi. Toshkent, Samarqand, Xiva va Buxoroda ham shu kabi yog‘och o‘ymakorligi markazlari tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident «Usta Yusufjon naqqosh» oilaviy korxonasida bo‘ldi