Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni paytda Farg‘ona viloyati faollari bilan uchrashmoqda, deb xabar berdi «Daryo». Davlat rahbarining ta’kidlashicha, 2022 yili Farg‘ona viloyatidagi mahalliy budjetda 1 trillion so‘m pul qoladi.
«Xayrulla Bozorov moliya sohasini yaxshi tushunadi. Men bosh vazir bo‘lgan vaqtlarim bitta viloyatga 100 million so‘m pul berolmasdik. Kecha hokim mendan 200 milliard so‘m so‘radi. Beraman dedim. Hozir tadbirkorlarga yordam bermasak bo‘lmaydi», — deydi prezident.
Shavkat Mirziyoyev chet elga safar qilsa ham nimadir o‘rganib kelishga harakat qilishini aytdi.
«O‘zim bormasam ham davlat nomidan kimdir borsa unga, albatta, aytaman: «davlat hisobidan boryapsan, borib nimadir o‘rganib kel, deyman. Turist bo‘lmagin, oqsoqol bo‘lib borsang turist bo‘lasan, deyman», — deydi prezident.
Davlat rahbari bugun ochiq muloqot bo‘lishini aytdi.
«Vazirlar ham barchasi chiqib hisobot beradi. Bo‘ladiganini aytasizlar, bo‘lmaydigani bo‘lsa, bo‘lmaydi deysizlar. Menga ma’ruza emas, natija kerak. Shuning uchun, bugun ochiq gaplashamiz», — deydi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi