4 839
«Qaysi hududga borsam ham oddiy insonlarni tinglab, haqiqiy holatni bilgim keladi» — Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni paytda Farg‘ona viloyati faollari bilan uchrashmoqda, deb xabar berdi «Daryo».
«Men uzoq yillar davomida viloyat hokimi bo‘lib ishlagan bo‘lsam faqat paxta bilan shug‘ullanar edik. Raqamlarda ham turli noaniqliklar ketar edi. Tizim shunday edi o‘sha davrlarda. Men prezident bo‘lib kelgan kunlarimdayoq kambag‘allikni e’lon qilganimda hech kim ishonmadi-ku», — deydi prezident.
Davlat rahbari bundan buyon barcha narsa o‘z qo‘limizda ekanini aytdi.
«Men nega Farg‘onaga keldim? Farg‘onaning mehnatkash, samimiy va mard xalqi bor. Ular bilan qilishimiz kerak bo‘lgan ishlar bor. Menga ko‘pchilik nega odamlar bilan ko‘p gaplashishim haqida so‘raydi. Qaysi hududga borsam ham tinglashni yoqtiraman, 10-15 daqiqa davomida tinglayman. Odamlar bilan gaplashib, haqiqiy holatni bilgim keladi», — deydi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi