20:20 / 14.05.2022
1 261

Samarqandda nohaq ishdan bo‘shatilgan xodim MIB yordami bilan ishga tiklandi

Samarqandda nohaq ishdan bo‘shatilgan xodim MIB yordami bilan ishga tiklandi
Qayd etish kerakki, Bosh Qomusimizning 37-moddasida har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekani mustahkamlab qo‘yilgan. Fuqarolarimizning ushbu konstitutsiyaviy huquqlari amaldagi mehnat qonunchiligida ham o‘z ifodasini topgan bo‘lib, qonunga ko‘ra hech kim asossiz ravishda ishdan bo‘shatilishi mumkin emas.

Ammo shunga qaramay, kundalik hayotda mehnat bilan bog‘liq nizolar uchrab turibdi.

Shu o‘rinda majburiy progul — bu muayyan xodim ish beruvchining aybi bilan ishlash imkoniyatidan mahrum bo‘lgan vaqt sanalib, u ish beruvchining aybi bilan yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda bejiz to‘xtalganimiz yo‘q.

Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining qarorida fuqaro Z.S.ni “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ.ga qarashli Samarqand shahar energosotish masalalari bo‘yicha boshliq o‘rinbosari lavozimiga ishga tiklash belgilangan.

Majburiy ijro harakatlari davomida fuqaro Z.S. “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ.ga qarashli Samarqand shahar energosotish masalalari bo‘yicha boshliq o‘rinbosari lavozimi vazifasiga ishga tiklandi.

Shuningdek, Z.S. majburiy progul kunlari uchun 12 mln. 861 ming ish haqi pullari undirib beriladigan bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda nohaq ishdan bo‘shatilgan xodim MIB yordami bilan ishga tiklandi