15:09 / 16.05.2022
1 260

O‘zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov 68 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov 68 yoshida vafot etdi
Foto: Zahiriddin To‘rayev
O‘zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda AOKAning viloyat boshqarmasi boshlig‘i Zahiriddin To‘rayev xabar berdi.

Abdunazar Poyonov 1954 yil Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida tug‘ilgan bo‘lib, 1975 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutini tamomlagan. Uzoq yillar Qiziriq tumanidagi umumta’lim maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.

«Abdunazar Poyonov Sherobod dostonchilik maktabi vakili sanaladi. U doston aytish an’anasini Mardonqul Avliyoqul o‘g‘li va Umar baxshidan o‘rgangan. Uning ijro dasturidan ‘Alpomish’ va ‘Go‘ro‘g‘li’ dostoni turkumiga kiruvchi bir qancha dostonlar, shuningdek, doston ijrochiligi yo‘lidagi xalq qo‘shiqlari, termalar o‘rin olgan», — deydi Zahiriddin To‘rayev.

Baxshi 2003 yil «O‘zbekiston xalq baxshisi» unvoni bilan taqdirlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov 68 yoshida vafot etdi