18:22 / 16.05.2022
1 344

Malibu jarimalar maydonchasiga olib kirildi

Malibu jarimalar maydonchasiga olib kirildi
Majburiy ijro byurosining Quva tumani bo‘limi ish yurituvida Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudining 08.06.2021 yildagi qaroriga asosan qarzdor S.A.dan undiruvchi AKB “Kapitalbank” foydasiga 177.890.000 so‘m kredit qarzini undirish haqidagi ijro hujjati mavjud edi.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida 27.12.2021 yil kuni qarzdor S.A. tomonidan kredit olish uchun garovga qo‘yilgan qora rangli “Malibu-2” rusumli avtomashinasini turgan joyidan aniqlanib, xolislar ishtirokida xatlanib, byuro jarimalar maydonchasiga olib kirildi.

Hozirda qarzdorni bank oldidagi mavjud kredit qarzini bartaraf etish uchun xatlangan avtotransportni baholash va auksion savdoga qo‘yish choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Malibu jarimalar maydonchasiga olib kirildi