date
views 1 331

Farg‘onada tomorqasida 60 tup kannabis parvarishlab kelayotgan fuqaro aniqlandi

Farg‘onada tomorqasida 60 tup kannabis parvarishlab kelayotgan fuqaro aniqlandi
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida 11 may kuni kannabis giyohvand moddasini parvarishlab kelayotgan shaxs aniqlandi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston tumani IIB TЕQKB va JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida «Qudash» MFY hududida yashovchi fuqaro P.Yu.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida 60 tup kannabis giyohvandlik o‘simliklarini parvarishlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada tomorqasida 60 tup kannabis parvarishlab kelayotgan fuqaro aniqlandi