Markaziy bank «Moliyaviy bilim» loyihasi doirasida hozirgi kunda keng tarqalgan firibgarlik turlari haqida videorolik tayyorladi.
Katta meros
Eng ommalashgan firibgarlik usullaridan biri — bu meros haqidagi va’da. Elektron pochta yoki messenjerlar orqali sizga qaysidir xorijlik uzoq qarindoshingiz yoki familiyangiz o‘xshash inson tasodif tufayli sizga katta meros qoldirgani haqida xabar keladi.
Ushbu merosni qo‘lga kiritishdagi dastlabki xarajatlar sizning bo‘yningizda bo‘ladi. Ushbu mablag‘ni to‘lab bo‘lganingizda esa aldanganingizni bilasiz.
Sovrinli yutuq
Bir qancha saytlarga kirganingizda sizga sovrinli yorliqlar taklif etiladi. Ularda qatnashish orqali siz qimmatbaho texnika vositalarini yutib olganingiz haqida xabar keladi.
Ushbu yutuqlarni o‘z yurtingizga yetkazib berilishi uchun esa sizdan mablag‘ yoki turli savollar orqali shaxsiy hisob raqamingiz haqida ma’lumot kiritishingiz talab etiladi.
Shu orqali hisobingizdagi mablag‘ firibgarlar tomonidan yechib olinadi.
Telegram guruhlari
Oxirgi vaqtlarda avj olayotgan firibgarlik turlaridan yana biri telegram guruhlarga odam qo‘shish orqali qanchadir mablag‘ bilan taqdirlanishdir.
Bu orqali firibgarlar o‘z guruh yoki kanallarida sun’iy ravishda foydalanuvchilarni ko‘paytirishga yoki telefon nomer va plastik karta ma’lumotlarini bilib olib, hisobdan pul yechib olishga urinadi.
Shu tufayli turli aksiya va konkurslarga ishonib shaxsiy hisob ma’lumotlarini begonalarga oshkor etmaslik tavsiya etiladi, aks holda firibgarlik qurboniga aylanib qolish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda