07:30 / 24.05.2022
1 541

Voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilishga uringan 48 yoshli erkak 10 sutkaga qamaldi

Voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilishga uringan 48 yoshli erkak 10 sutkaga qamaldi
Toshkentda erkak 17 yoshli qizga tegajog‘lik qilishga uringani haqida xabar berilgandi. Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, voyaga yetmagan qizga nisbatan nomunosib xatti-harakatlar sodir etgan Y.B. (1974 yilda tug‘ilgan) ushlangan. U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan javobgarlikka tortilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining qaroriga asosan ushbu shaxsga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq hamda jarima jazosi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilishga uringan 48 yoshli erkak 10 sutkaga qamaldi