15:09 / 24.05.2022
1 054

Qarshi shahrida 179 mln. so‘mdan ortiq kredit qarzdorligi undirildi

Qarshi shahrida 179 mln. so‘mdan ortiq kredit qarzdorligi undirildi
Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining 2022 yil 18 apreldagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor “SHOIR OTA PLYUS” xususiy korxonasidan undiruvchi ATB “Qishloq qurilish bank” Qashqadaryo mintaqaviy filiali foydasiga 178 mln. so‘m asosiy kredit qarzi hamda 1 mln. 50 ming so‘m kredit foizi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byurosining Qarshi shaxar bo‘limi ish yurituviga 2022 yilning 19 aprel kuni kelib tushgan.

Ijro hujjati yuzasidan shu kunning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida Qonunning 21- va 87-moddalariga asosan tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan.

Shuningdek, davlat ijrochisining qarori bilan qarzdor nomida aniqlangan mol-mulklarga taqiqlar qo‘yilgan hamda barcha hisob raqamlariga band solinib inkasso topshiriqnomasi ijro qilishlik uchun yuborilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdordan 179 mln. 50 ming so‘m kredit qarzdorligi undirilib, undiruvchi ATB “Qishloq qurilish bank” Qashqadaryo mintaqaviy filialining hisob raqamiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarshi shahrida 179 mln. so‘mdan ortiq kredit qarzdorligi undirildi