O‘zbekistonda 2021/2022-o‘quv yilida umumta’lim muassasalarining 11-sinfini jami 392,9 ming nafar o‘quvchi tamomlaydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Shuningdek, qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 9-sinfni 531,3 ming nafar o‘quvchi tamomlamoqda.
11-sinf bitiruvchilarining 209,6 ming nafarini (53,3 foiz) qiz bolalar va 183,3 ming nafarini (46,7 foiz) o‘g‘il bolalarni tashkil etgan bo‘lsa, 9-sinf bitiruvchilarining 258,1 ming nafarini esa (48,6 foiz) qiz bolalar hamda 273,2 ming nafarini (51,4 foiz) o‘g‘il bolalarni tashkil etmoqda.
2021/2022- o‘quv yili boshiga hududlar kesimida 11-sinf bitiruvchilari soni quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston – 21,3 ming nafar;
Andijon – 30,5 ming nafar;
Buxoro – 23,0 ming nafar;
Jizzax – 16,9 ming nafar;
Qashqadaryo – 42,8 ming nafar;
Navoiy – 11,6 ming nafar;
Namangan – 30,4 ming nafar;
Samarqand – 45,3 ming nafar;
Surxondaryo – 32,4 ming nafar;
Sirdaryo – 9,1 ming nafar;
Toshkent – 30,9 ming nafar;
Farg‘ona – 43,4 ming nafar;
Xorazm – 23,4 ming nafar;
Toshkent shahri – 31,9 ming nafar. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi