16:44 / 27.05.2022
1 182

Lacetti topilgach qarzdorlik to‘landi

Lacetti topilgach qarzdorlik to‘landi
Qarshi shahar Davlat soliq inspeksiyasining 2021 yil 12 oktabrdagi qaroriga asosan qarzdor “AL FARRUX FARM SAVDO” xususiy korxonasidan undiruvchi davlat foydasiga 71.341.000 so‘m soliq qarzdorligi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Qarshi shaxar bo‘limi ish yurituviga 2021 yilning 16 dekabr kuni kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan Byuroning Qarshi shaxar bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib taraflarga yuborilgan va ijro hujjati talablari tushuntirilib, qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish uchun muddat berilgan.

Qarzdor belgilangan muddatda qarzdorlikni ixtiyoriy to‘lab berishi haqida ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, qarzdorlikni to‘lamagan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorning nomida “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi borligi aniqlangan va ushbu avtotransport vositasiga nisbatan taqiq qo‘yilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan ushbu avtotransport vositasini qarzdorlik evaziga xatlash maqsadida qarzdorning yuridik manziliga bir necha marotaba borilishiga qaramay avtomashinani topish imkoni bo‘lmagan.

Shunga ko‘ra, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli “Lacetti” rusumli avtomashinaga nisbatan 2022 yil 26 yanvar kuni qidiruv e’lon qilingan hamda qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Byuroning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basiga yuborilgan.
Byuroning viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari hamda viloyat IIB YHXB xodimlari bilan xamkorlikda olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida mazkur transport vositasi Qarshi shahri hududidan topilib tegishli tartibda xatlangan hamda jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Ushbu avtomashina jarima maydonchasiga kiritilgach qarzdor ijro hujjatida belgilangan qarzdorlik to‘liq bartaraf qildi va ijro hujjati amalda tamomlanishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Lacetti topilgach qarzdorlik to‘landi