24 maydan 25 mayga o‘tar kechasi soat 00:40 larda Qashqadaryo-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelgan «Lacetti» mashinasi Ko‘kdala tumani hududida joylashgan «Umakay» muntazam YPX maskanida to‘xtatilgan.
Yukxona ko‘zdan kechirilganda Chiroqchi tumanida yashovchi haydovchi tegishli veterinariya ma’lumotnomalarisiz, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan, taxminan 160 kg. og‘irlikdagi yirik mol go‘shtlarini olib ketayotgani aniqlangan.
Go‘sht mahsulotlari Qashqadaryo viloyat oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasida tekshirib ko‘rilganda iste’molga yaroqsizligi ma’lum bo‘lgan.
Viloyat hayvonlar kasalliklar tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi kuydirish pechida 160 kg. go‘sht mahsuloti yo‘q qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”