Foto: Tashqi ishlar vazirligi
27 may kuni tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov O‘zbekistonga tashrif bilan kelgan AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tomas Vest bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqot chog‘ida Amerika tomoni O‘zbekiston rahbariyati tomonidan Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklash, afg‘on xalqiga gumanitar va boshqa yordam ko‘rsatish bo‘yicha yuritilayotgan siyosatni yuqori baholadi.
Tomonlar afg‘on xalqini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish va tizimlashtirish zarurligini qayd etgan. Shu nuqtai nazardan, Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini yetkazib berishda Termiz shahrida yaratilgan ko‘p funksiyali transport-logistika xabi imkoniyatlaridan foydalanish muhimligi ta’kidlangan.
Afg‘onistonning yangi hukumati keng vakillikka asoslangan hukumat tuzish, inson huquqlariga amal qilish, ayollarning asosiy erkinliklari, shu jumladan, ularning ta’lim olishlari, harakatlanishlari, jamiyat hayotida teng asosda ishtirok etishlari bo‘yicha dunyo hamjamiyatining talablarini bajarishi masalasida yondashuvlarning o‘xshashligi qayd etilgan.
Foto: Tashqi ishlar vazirligi
«Afg‘oniston zamini boshqa hech qachon turli xalqaro terrorchilarning boshpanasiga aylanib qolmasligi, mintaqa davlatlari va uchinchi mamlakatlar uchun xavf tug‘dirmasligi kerakligi alohida ta’kidlandi», — deyiladi xabarda.
Afg‘oniston milliy iqtisodiyotini tiklash, shuningdek, mamlakatda energetika va transport-kommunikatsiya sohalarida loyihalarni amalga oshirish masalalariga kompleks yondashuvni ishlab chiqish muhimligi e’tirof etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 24 may kuni Vladimir Norov O‘zbekistonga tashrif buyurgan AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Donald Lu bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Tomonlar turli sohalardagi O‘zbekiston—AQSH munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...