14:39 / 28.05.2022
1 162

Samarqandda ishdan bo‘shatilgan xodim ishga tiklandi

Samarqandda ishdan bo‘shatilgan xodim ishga tiklandi
Qayd etish kerakki, Bosh Qomusimizning 37-moddasida har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekani mustahkamlab qo‘yilgan. Fuqarolarimizning ushbu konstitutsiyaviy huquqlari amaldagi mehnat qonunchiligida ham o‘z ifodasini topgan bo‘lib, qonunga ko‘ra hech kim asossiz ravishda ishdan bo‘shatilishi mumkin emas.

Ammo shunga qaramay, kundalik hayotda mehnat bilan bog‘liq nizolar uchrab turibdi.

Shu o‘rinda majburiy progul — bu muayyan xodim ish beruvchining aybi bilan ishlash imkoniyatidan mahrum bo‘lgan vaqt sanalib, u ish beruvchining aybi bilan yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda bejiz to‘xtalganimiz yo‘q.

Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2022 yil qarorida fuqaro I.G‘.ni “Hududgaz Samarqand” filiali Bulung‘ur tumangaz bo‘limi suyultirlgan gaz ta’minoti bo‘yicha xizmati boshlig‘i lavozimiga ishga tiklash belgilangan.

Majburiy ijro harakatlari davomida fuqaro I.G‘. Bulung‘ur tumangaz bo‘limi suyultirlgan gaz ta’minoti bo‘yicha xizmati boshlig‘i lavozimi vazifasiga ishga tiklandi. Shuningdek, I.G‘. majburiy progul kunlari uchun ish haqi pullari undirib beriladigan bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda ishdan bo‘shatilgan xodim ishga tiklandi