11:39 / 29.05.2022
920

O‘zbekiston maktablariga Finlyandiya mutaxassislari jalb etiladi

O‘zbekiston maktablariga Finlyandiya mutaxassislari jalb etiladi
Foto: Xalq ta’limi vazirligi
Xalq ta’limi vazirligida 2022 yilning 27 may kuni Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo departamenti bosh direktori boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvda Xalq ta’limi vazirligi mas’ullari hamda Finlyandiya delegatsiyasi a’zolari ishtirok etdi.

Dastlab, Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev o‘qituvchilarning malakasini oshirish, hududiy milliy markazlariga Finlyandiya ekspertlarini jalb etish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

O‘z navbatida Finlyandiya tomoni ham mazkur jarayonga metodistlarni jalb etish, o‘qituvchilarni sertifikatsiyalash, ularga metodik va amaliy ko‘mak berilishi haqida fikr bildirdi.

Uchrashuv davomida ikki tomon xususiy ta’lim tashkilotlari mutaxassislarini ham O‘zbekiston xalq ta’limi tizimiga jalb etishga kelishib oldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston maktablariga Finlyandiya mutaxassislari jalb etiladi