978
Jizzaxda fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 400 dollar so‘ragan o‘qituvchi ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Andijon, Jizzax va Toshkent viloyatlarida o‘qishga kiritishga bo‘lgan noqonuniy harakatlarning oldi olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Xususan, departamentning Ulug‘nor tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Sh.T. ismli shaxs fuqaro F.ni O‘sh davlat universitetida ishlovchi tanishlari orqali ushbu universitetning jismoniy tarbiya fakultetiga o‘qishga kiritib, 2-bosqichga o‘tgai to‘g‘risidagi hujjatlarni tayyorlab berishni va’da qilgani aniqlangan. Buning evaziga u 2 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, departamentning O‘rta Chirchiq tuman bo‘limi hamda DXXning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.F. boshqa bir fuqaro Ch.ning ishonchiga kirib, uni Chimkent shahridagi universitetning «Huquq» yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1,2 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Jizzax shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o‘qituvchisi Sh.S. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro U.ni kirish imtihonlarida yordam berib, ushbu texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgani aniqlangan. Buning evaziga u 400 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...