21:40 / 29.05.2022
1 505

Samarqandda xorijiy sayyohlar o‘tirgan avtobus YTHga uchradi

Samarqandda xorijiy sayyohlar o‘tirgan avtobus YTHga uchradi
Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha 2022 yil 22 may soat 1:00 larda M37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi xalqaro avtomobil yo‘lining Ishtixon tumanidan o‘tgan qismida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Buxoro-Samarqand yo‘nalishida xorijlik sayyohlarni olib ketayotgan avtobus Ishtixon tumani Xalqabod mahallasi hududida o‘zidan oldinda ketayotgan Kamaz yuk mashinasining ortidan borib urgan. So‘ng yo‘l chetidagi to‘siqqa urilgan.

Oqibatda, avtobus haydovchisining sherigi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, avtobusda bo‘lgan Ruminiya davlati fuqarosi tan jarohatlari olib, shifoxonaga murojaat qilgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, sayyohlarni olib ketayotgan avtobus haydovchisi boshqaruv paytida uxlab qolgan. Oqibatda mazkur hodisa sodir bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda xorijiy sayyohlar o‘tirgan avtobus YTHga uchradi