23:25 / 29.05.2022
1 394

Navoiyda ishga kiritishni va’da qilgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

Navoiyda ishga kiritishni va’da qilgan shaxsga sud hukmi o‘qildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Xatirchi tuman sudi binosida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida ishga kiritishni va’da qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

1975 yilda tug‘ilgan H.Xasanov (shaxsi o‘zgartirilgan) 18.11.2021 yildan buyon “Navoiy suv ta’minoti” ma’suliyati cheklangan jamiyati Navbahor tumani bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida ishlab kelib, mansabdor shaxs bo‘la turib, tanishi J.Xolov (shaxsi o‘zgartirilgan)ni jamiyatni yuridik iste’molchilar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi lavozimiga ishga qabul qilish evaziga 300 AQSH dollar pora berishni talab qilib, 20.12.2021 yil soat 18 larda Navbahor tumani, “Beshrabot” qo‘rg‘oni markazida kimyoviy ishlov berilgan 200 AQSH dollar va 1.000.000 so‘m pullarni J.Xolovdan pora tariqasida olganligi, o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Sud, H.Xasanovni sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, aybiga iqrorligi, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari borligini, keksa onasi ham uni qaramog‘idaligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 210-moddasi 1-qismi bilan 2 (ikki) yilga O‘zsuvta’minot aksionerlik jamiyatiga qarashli suv ta’minoti ma’suliyati cheklangan jamiyatda mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 3 (uch) yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Habibulla Tuxtayev Baratovich,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudi sudyasi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda ishga kiritishni va’da qilgan shaxsga sud hukmi o‘qildi