
O‘zbekistonda qancha xorijlik talabalar tahsil olayotgani ma’lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021/22-o‘quv yili boshiga respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 5,1 ming nafarni tashkil etgan.
Yillar kesimida respublikadagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni quyidagicha:
2016/2017-o‘quv yili – 603 nafar;
2017/2018-o‘quv yili – 1320 nafar;
2018/2019-o‘quv yili – 2685 nafar;
2019/2020-o‘quv yili – 3593 nafar;
2020/2021-o‘quv yili – 4219 nafar;
2021/2022-o‘quv yili – 5140 nafar.
2020 yilning 1 yanvar holatiga, O‘zbekistondan 53 ming nafar talabalar xorijda tahsil olmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar