23:04 / 30.05.2022
1 412

Jizzaxda bo‘ri bolalarini 200 dollardan sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Jizzaxda bo‘ri bolalarini 200 dollardan sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Foto: «Ekolog.uz»
Jizzax viloyatida bo‘ri bolalari 200 dollarga sotilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati holat yuzasidan surishtiruv-o‘rganish ishlari olib borilganini ma’lum qildi.

Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining bioxilma-xillikni asrash, raqamlashtirish va kadastr yuritish bo‘limi xodimlari tomonidan Baxmal tumani IIB bilan hamkorlikda surishtiruv-o‘rganish ishlari natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, Baxmal tumanida istiqomat qiluvchi T.X. va J.M. ismli fuqaro 3 ta bo‘ri bolasini ushlab, ularni sotish bo‘yicha ijtimoiy tarmoq sahifalariga joylagan.

Tezkor nazorat reyd tadbirida fuqaro X.T.ning o‘ziga tegishli bo‘lgan avtomashina yukxonasida 3 ta bo‘ri bolasi borligi aniqlangan va ashyoviy dalil sifatida olingan. Huquqbuzarlarning har biriga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi, 1-qismiga asosan jarima qo‘llanilgan.

«Ayni vaqtda bo‘ri bolalari ekologlar tomonidan parvarish qilinmoqda. Ob-havoning qulay bo‘lgan vaqtida ularni ushlangan joyiga olib borib, tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborish rejalashtirilmoqda. Bu haqda yana qo‘shimcha ma’lumot beriladi», — deyiladi qo‘mita xabarida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda bo‘ri bolalarini 200 dollardan sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi