16:46 / 31.05.2022
1 205

Tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi

Tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi
Byuroning Qarshi shaxar bo‘limi tomonidan fuqarolar va ayrim tadbirkorlar tomonidan noqonuniy olib kirilayotgan va tegishli hujjat hamda ruxsati mavjud bo‘lmagan ko‘p miqdoridagi tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudining 01.04.2022 yildagi qaroriga ko‘ra ma’muriy ish bo‘yicha ashyoviy dalil deb topilgan
800 dan ortiq aksiz markasiz tamaki mahsulotlari yo‘q qilinishi to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Qarshi shaxar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Yuqorida qayd etilgan sudning ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash maqsadida Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi, byuroning Qarshi shaxar bo‘limi tomonidan viloyat davlat bojxona xizmati boshqarmasi va boshqa tegishli idoralar bilan hamkorlikda ushbu vositalar belgilangan tartibda yo‘q qilinishi ta’minlandi.

Bu bilan sifatsiz va inson salomatligi uchun zararli bo‘lgan tovar-moddiy boyliklar orqali ko‘proq foyda olishni istagan ayrim qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlarning noqonuniy xatti-harakatlariga chek qo‘yildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi