Ko‘p kvartirali uylar konstruksiyalarini noqonuniy o‘zgartirganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Bu prezident tomonidan imzolangan O‘RQ–773-sonli qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Soliq kodekslariga kiritilgan o‘zgartirishlarda nazarda tutilgan.
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini buzish mansabdor shaxslarga BHMning 15 baravari (4 mln 500 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ko‘p kvartirali uylardagi tayanch va to‘siq konstruksiyalarni qonunchilikni hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda o‘zgartirish yoki rekonstruksiya qilish jarima solishga sabab bo‘ladi. Shuningek, uylarda va unga tutash yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan imoratlar (inshootlar) qurish ishlarini amalga oshirish ham taʼqiqlanadi.
Jarima miqdori quyidagicha:
- fuqarolarga BHMning 30 baravarigacha (9 mln so‘mgacha);
- mansabdor shaxslarga 50 baravarigacha (15 mln so‘mgacha).
Ushbu huquqbuzarlikni (to‘siq konstruksiyalarga oid qismida) birinchi marta sodir etgan shaxs, o‘zgarish oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra:
- boshqaruvchi tashkilotlar yoki ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan umumiy mol-mulkni boshqarish, unga texnik xizmat ko‘rsatish va uni taʼmirlash, shuningdek ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda bajarilayotgan ishlar bo‘yicha aylanma soliq solishdan ozod etiladi;
- bu bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan hamda bajarilgan ishlardan olingan mablag‘lar soliqqa tortilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi