
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2 iyun kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent xalqaro aeroportida uni prezident Shavkat Mirziyoyev kutib olgan. Yetakchilar o‘rtasida qisqa suhbat bo‘lib o‘tgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
So‘ng Tojikiston prezidenti «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ygan. Mehmonga majmuaning mazmun-mohiyati va me’moriy xususiyatlari haqida so‘zlab berilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon so‘nggi marta 4 may kuni telefon orqali muloqot qilgan edi. O‘shanda davlat rahbari Tojikiston prezidentini qulay vaqtda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar